QILMISHIGA YARASHA JAVOB BERADI

Bugun davr muamosiga aylanib ulgurgan giyohvandlik illati o‘zining jirkanch ko‘rinishlari bilan dunyo hamjamiyatini
tashvishga solmoqda. Biz yashab turgan ko‘hna dunyoda insonga, oilaga, jamiyatga qaratilgan tahdidlardan mudhishi
bu giyohvandlik sanaladi.
Do‘stlik MFYda yashovchi K.J. yashash xonadoni va o‘ziga tegishli bo‘lgan yordamchi xo‘jalikda o‘tkazilgan tintuv tergov
harakati davomida o‘tkir hidli giyohvand moddalarni saqlab kelayotganligi aniqlandi. To‘raqo‘rg‘on tumani IIB EKGning
ekspertiza xulosasida ham bu tasdiqlandi. Ya’ni u marixuanna bo‘lib, jami sof massasi 36,68 gramm ekanligi ko‘rsatilgan.
Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
Endi K.J. qilmishiga yarasha javob beradi.
Sh.ORZIG‘OFUROV,
«Yangiqo‘rg‘on» chegara xizmati harbiy xizmatchisi.