QOBILJON – O‘ZBEKISTON CHEMPIONI

1-son politexnikumining 2-bosqich avtomobillarni tashxislash va ta’mirlash yo‘nalishi 4-guruh o‘quvchisi Qobiljon Abduxalilov joriy yil 21-23-fevral kunlari sportning Djit Kun Do turi bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida ishtirok etdi.
Mazkur musobaqaning 17-18 yosh, 52 kg. vazn toifasida Qobiljon Abduxalilov barcha raqiblarini mag‘lub etib, faxrli 1-o‘rinni egalladi va chempionlikka erishdi. Yuksak mahorat va matonatni namoyon etgan Qobiljonning ushbu yutug‘i O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan munosib taqdirlandi.
Chempionimizga kelgusi musobaqalarda ham ulkan g‘alabalar va yangi zafarlar tilab qolamiz.