SO‘RAGAN EDINGIZ

Savolga Uchqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi katta mutaxassisi Sardorbek ABDUXALILOV javob beradi.
Savol: -Uyimizga noma’lum kishilar «propiska»ga qo‘yib olgan bo‘lsa, nima qilishim kerak?
Javob: -Qonunchilikka ko‘ra, davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali «doimiy yashash joyida ro‘yxatdan o‘tib, yashovchilar to‘g‘risida ma’lumotnoma olish va uni to‘g‘rilash» kabi davlat xizmatini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan. Uyingizda kimlar ro‘yxatda turganini bilish uchun tegishli tashkilotga vaqt yo‘qotib va ovora bo‘lib borish shart emas.
Buning uchun, my.gov.uz saytiga kirib, «Shaxsiy kabinet»ga o‘tish va «Fuqarolik» bo‘limini tanlash, so‘ng «Doimiy  yashash joyida yashovchilar ro‘yxatini to‘g‘rilatish uchun so‘rov yuborish» tugmasini bosish kerak.
Agar xonadoningizda notanish shaxslar ro‘yxatga olinganini aniqlasangiz, shu joyning o‘zidayoq o‘chirishga elektron murojaat yuborishingiz mumkin.