TADBIRKORLIK FAOLIYATINI NOMLASHGA DOIR MUHIM FAKTLAR

Tadbirkorlik subyektlarini nom bilan atash tartibi 2006-yil 18-sentyabrdagi O‘zbekiston Respublikasining «Firma nomlari to‘g‘risida»gi Qonuni bilan belgilangan bo‘lib, ushbu Qonunning maqsadi firma nomlarini huquqiy jihatdan muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Hozirgi kunda tadbirkorlik subyektlari – yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va davlat reyestriga kiritish, chiqarish vakolati tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari tomonidan amalga oshirilib, markazlar mazkur zohada mutlaq vakolatli organ hisoblanadi. Tadbirkorni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdan avval uning nomi tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning avtomatlashtirilgan tizimi orqali tekshirilib, bunday nomning o‘xshashi bo‘lmaganda 3 tagacha bo‘lgan firma nomlarini zaxiraga olib qo‘yish amaliyoti mavjud. Zaxiraga olingan firma nomlari 60 kungacha tizimda saqlanib, ulardan faqat bittasidan foydalanilmagan taqdirda belgilangan muddatda avtomatik ravishda o‘chib ketadi. Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda firma nomlarini zaxiraga olish va tekshirishdan asosiy maqsad kelgusida yuridik shaxslar o‘rtasida shaxsiy nomulkiy huquqlarning buzilishi bilan bog‘liq yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar, kelishmovchiliklarning oldini olishdan iboratdir. Umuman olganda, tadbirkorlik subyektlari o‘zlariga
nom tanlashda qonunchilik talablariga rioya etishlari, nomning o‘xshash bo‘lib qolmasligiga e’tibor berishlari lozim. Zero, ismlar, nomlar yuridik shaxslar – tadbirkorlik subyektlarining yuzi, tashrif qog‘ozidir.
Nazokat QODIROVA,
Chortoq tuman adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi yetakchi mutaxassisi.