YANGI XIZMAT TURI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinng 2025-yil 27-fevralda «Transport vositasini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslarga transport vositasining identifikatsiya raqamini shakllantirish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 127-sonli qarori qabul qilindi.
Ushbu Reglament transport vositalarini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslarga transport vositalarining identifikatsiya raqamini shakllantirish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
Bunda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining O‘zbekiston standartlar instituti transport vositalarining identifikatsiya raqamini shakllantirishni ta’minlaydi.
VIN kodi uchta bo‘limdan iborat:
-ishlab chiqaruvchining xalqaro identifikatsiya kodi (WMI kodi);
-tavsiflovchi qismi (VDS);
-ko‘rsatuvchi qismi (VIS).
VIN kodi transport vositalarini identifikatsiya maqsadida beriladigan belgilarning tarkibiy kombinatsiyasi.
Ushbu xizmatning bajarilish muddati 6 ish kuni etib belgilangan. Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali ko‘rsatiladi.
Akramjon ISMOILOV,
tuman adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi katta mutaxassisi.

