OLDI-SOTDIDA HUSHYOR BO‘LING
Hamyurtimiz U.N. o‘zining «Jentra» avtomobilini sotishni rejalashtiradi. Xaridor ham darhol topildi. U chortoqlik S.B. bo‘ldi. U.N.ning bir suhbatdayoq sodda va ishonuvchanligini sezgan olg‘ir S.B. uni chuv tushirishni darrov reja qildi. O‘rtada «Ha, bor baraka» bilan mashina 11 ming 600 AQSh dollariga baholandi. Pullarni roppa-rosa 40 kunda berishni va’da qilgan S.B. rulga o‘tirib ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Shu-shu u qorasiniyam ko‘rsatmadi. IIB xodimlari aralashuvi bilan firibgar topilib keldi. Ammo u avtoulovni boshqa bir shaxsga sotib, pullarini o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgani aniqlandi. Ana endi S.B. qonun oldida javob beradi.
I.RAHIMJONOV,
tuman IIB huzuridagi TB tergovchisi, kapitan.

