QONUNCHILIKDAGI O‘ZGARISHLAR

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-977-son, 18.10.2024-y.) bilan ayrim qonun hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Buning natijasida O‘zbekiston Respublikasi «Davlat boji to‘g‘risida»gi 600-sonli Qonuniga asosan Uychi tuman «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan markaz kontingentidagi aholiga davlat bojisiz buzilgan huquqlari bo‘yicha sudlarga da’vo arizalari kiritilishi yo‘lga qo‘yilgan. Bular qo‘yidagilar:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda uning hududiy bo‘linmalari:

-tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida beriladigan arizalar, shikoyatlar va da’volar yuzasidan;

-bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida, ota-onalarning muomala layoqati cheklangan deb topish to‘g‘risidagi, ularni ota-onalik huquqlaridan mahrum etish, bolalarni ota-onalaridan ularni ota-onalik huquqlaridan mahrum etmasdan olib qo‘yish haqidagi, shuningdek, agar ota-onalik huquqlaridan mahrum qilingan ota-onalarning o‘z bolalari bilan birgalikda yashashi mumkin emas deb belgilansa, ularni boshqa turar joy bermasdan ko‘chirib yuborish to‘g‘risidagi da’volar, arizalar va shikoyatlar yuzasidan;

-og‘ir ahvolga tushib qolgan va og‘ir ahvolga tushib qolish xavfi yuqori bo‘lgan shaxslar hamda oilalar manfaatlarini ko‘zlab berilgan da’volar, arizalar va shikoyatlar yuzasidan.