«SOG‘LOM TANDA – SIFATLI TA’LIM»

O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Uychi tuman bo‘linmasi kengashi ijroiya qo‘mitasi,  tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi,  tuman sport maktabi hamda yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limining  qo‘shma qarori asosida «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida «Sog‘lom tanda – sifatli ta’lim» shiori ostida kasaba uyushmasi kubogi sport musobaqalari o‘tkazildi.

«Kasaba uyushmalarining 120 yilligi»ni keng nishonlash va «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida o‘tkazilgan musobaqada ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi  tuman bo‘linmasi kengashi tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining pedagog va xodimlari  o‘zaro bellashdilar.

Sportning  mini futbol, shaxmat, shashka, stol tennisi va voleybol turlari bo‘yicha  o‘tgan musobaqalar g‘oyatda qiziqarli bahslarga boy bo‘ldi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra, mini futbol bo‘yicha birinchi o‘rin 26-maktab, ikkinchi o‘rin 5-maktab, uchinchi o‘rin 3-maktab erkaklar jamoalariga nasib etdi. Voleybol bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi bahslarda birinchi o‘rinni 22-, ikkinchi o‘rinni 39-, uchinchi o‘rinni 36-maktablar jamoalari, ayollar o‘rtasida birinchi o‘rinni 22-, ikkinchi o‘rinni  44-, uchinchi o‘rinni 10-maktab jamoalari, shaxmat bo‘yicha birinchi o‘rinni 27-maktab o‘qituvchisi Rustamjon Abdullayev, 34-maktab o‘qituvchisi Nafisa Nuriddinova, ikkinchi o‘rinni  39-maktab o‘qituvchisi Shokirjon Mirzaboyev, 36-maktab o‘qituvchisi Umida Asrayeva, uchinchi o‘rinni 40-maktab o‘qituvchisi Muzaffar Mahammadjonov, 2-maktab o‘qituvchisi Gulchehra Mahkamova, shashka bo‘yicha  birinchi o‘rinni 16-maktab o‘qituvchisi Naima Salimova, 25-maktab o‘qituvchisi Sirojiddin Abdurayimov, ikkinchi o‘rinni 19-maktab o‘qituvchisi Marhabo Malikova, 21-maktab o‘qituvchisi Shokirjon Boyxonov, uchinchi o‘rinni 10-maktab o‘qituvchisi Ilhomjon Mo‘minov, 36-maktab o‘qituvchisi Nargiza Kamolova egalladilar. Stol tennisi bo‘yicha birinchi o‘rinni 16-maktab  o‘qituvchisi Sardor Usmonov, 14-maktab o‘qituvchisi Munojat Ibrohimova, ikkinchi o‘rinni 1-maktab o‘qituvchisi Avazbek Oxundedayev, 22-maktab o‘qituvchisi Adolat Yusupova, uchinchi o‘rinni 22-maktab o‘qituvchisi Doniyor Rahimov, 10-maktab o‘qituvchisi Oydina Azizovalar  qo‘lga kiritdilar.

6-, 36-maktablar sportzali va o‘yingohlarida tashkil qilingan musobaqa yakunida g‘oliblar munosib taqdirlandi.

Mirzamahmud   TO‘XTABOYEV,

ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Uychi tuman bo‘linmasi kengashi raisi.