MUBORAK HAJ SAFARIGA OTLANISHDI

115 nafar tumanimiz fuqarolari muborak Haj ziyoratiga jo‘nab ketishdi.

1-sonli politexnikumda ularni kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Sh.Musayev, tuman hokimining

maslahatchisi T.Ismatillayev, tuman hokimining o‘rinbosari S.Ahmadaliyeva, tuman bosh imom xatibi O.Isaqovlar ishtirok etib, bo‘lajak hojilarimizga eson-omon muborak qadamjoni ziyorat qilib kelishlarini tiladilar.