«DOLZARB 90 KUN»

Yurtboshimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalarni amaliyotga joriy etish maqsadida tumandagi «Barkamol avlod» bolalar maktabi tomonidan 46-maktabda tashkil etilgan «Liboslar dizayni» to‘garagi rahbari Nigora Murodova boshchiligida «Mening ijodiy ishlarim» mavzusida ko‘rgazmali o‘quv-seminar tashkil etildi.

Uni «Barkamol avlod» bolalar maktabi direktori R.Rejabbayev ochdi. O‘quv seminarda viloyat «Barkamol avlod» bolalar

maktabi ITJE va IBBI bo‘lim boshlig‘i A.Zokirov, tuman MMTBning bosh mutaxassisi F.Boymirzayev, to‘garak rahbarlari ishtirok etdilar. O‘quvchilar o‘zlari tayyorlagan ijodiy ishlarini namoyish qildilar.

Bu o‘quv seminar, tadbirlar, musobaqalarni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad yozgi ta’tilda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini maroqli va mazmunli tashkil etishdir.

Dilfuza AZIZOVA,

tuman «Barkamol avlod» bolalar maktabi innovatsion texnologiyalarni joriy etish va iqtidorli bolalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i.