HUSHYORLIKNI QO‘LDAN BERMANG
Keyingi yillarda transport vositalari harakati xavfsizligini ta’minlash, tartib-qoidalarga amal qilishni tartibga solish bo‘yicha tizimda tinimsiz ishlar olib borilmoqda. Ko‘rilayotgan choratadbirlarga qaramay, afsuski, yo‘l-transport hodisasi bilan bog‘liq bo‘lgan tartibbuzarliklar xali-hanuz uchrab turibdi.
…Hamyurtimiz S.A. otasining nomida bo‘lgan «Jentra» avtomobilini ruliga o‘tirib, Namangan shahriga yo‘l oladi. Yo‘lda tezlikni me’yoridan orttirib yuborishi natijasida yo‘lni kesib o‘tayotgan, voyaga yetmagan qizaloq A.H.ni payqashga ulgurmaydi. Oqibatda yo‘lovchini urib yuboradi.
Aziz haydovchilar. Yuqoridagi holatdan hech birimiz sug‘urtalanmaganmiz. Shu bois rulda har soniya, har dam hushyor bo‘laylik.
I.RAHIMJONOV
tuman IIB huzuridagi TB tergovchisi, kapitan.

