KONTEYNERDAN MAHALLANING YANGI BINOSI

Tepasaroy MFY yettiligi uchun tajriba tariqasida konteynerdan yangi bino qurildi. Bu arzon, qulay va sifatliligi bilan barchaga ma’qul bo‘lmoqda.

Avval mahalla yettiligi tadbirkorga tegishli binoning bitta xonasida ish faoliyatini olib borayotgan edi. Tuman mahalliy byudjeti hamda homiylik mablag‘i hisobidan ikkita konteyner o‘rnatildi. Mahalla xodimlari va hududda yashovchi saxovatli homiylar, tadbirkorlar ko‘magida hashar uyushtirildi.

Qisqa fursatda jami 170 million so‘m mablag‘ sarflanib, Tepasaroy mahallasi yettiligiga zamonaviy va barcha qulayliklarga ega bo‘lgan yangi bino barpo etildi. Mahalla binosi 6 ta xonadan iborat bo‘lib, hozirda jihozlash ishlari davom etmoqda.

8-Muborak saylov okrugidan tuman Kengashi deputati N.Dedaxanova mazkur mahallada bo‘lib, tuman Kengashining tegishli qarori bilan ajratilgan mablag‘ning sarflanishi bo‘yicha deputatlik nazoratini o‘rnatdi va amalgam oshirilgan ishlar bilan tanishdi.