KORRUPSIYA – TARAQQIYOTGA G‘OV

Dunyoning iqtisodiy, ijtimoiy hamda siyosiy jihatdan rivojanishining asosiy kushandasi bu korrupsiya hisoblanadi. Ushbu omil dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan global muammolardan biri bo‘lib, mazkur illatning kurtak yoyishi inson huquq va erkinliklarining poymol qilinishiga va jamiyatdagi sog‘lom muhitning zararlanishiga olib keladi.

Bu illatni keltirib chiqaruvchi omillar bir nechta hisoblanadi, mazkur sohada ilmiy izlanish olib brogan ba’zi bir tadqiqotchi olimlar hamda siyotsatchilarning fikrlariga qaraganda, korrupsiyani yuzaga keltirishning omili o‘laroq uni korrupsion harakatlarni vujudga keltirish talabi hamda korrupsion harakatlarni amalga oshirish taklifi tashkil etadi.

Ushbu ikki omil o‘z ichiga a) byurokratik to‘siqlarning mavjudligi b) jamiyatda mehnatga haq to‘lashning oylik miqdori, c) qonunchilikda korrupsion jinoyatlarni sodir etganlik uchun belgilangan jazolarning darajasi, d) jamoatchilik nazoratining qay darajada o‘rnatilganligi hamda qonunlar va jamiyatda o‘rnatilgan tartibqoidalaridagi shaffoflik kabi bir necha faktrlarni qamrab oladi.

Shulardan birinchisi davlat boshqaruvida byurokratik to‘siqlarning mavjudligi omilidir. Joriy faktrning mavjudligi fuqarolarning jamiyat hayotidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarda ishtirokida ovoragarchiliklarni hamda qog‘ozbozliklarni keltirib chiqaradi. Ushbu holatda o‘z-o‘zidan munosabat ishtirokchilarida yuzaga kelgan muammolar yechimi o‘laroq korrupsion harakatlar o‘rtaga chiqadi.

Bizning jamiyatimizda ham byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish maqsadida ko‘plab ishlar amalga oshirildi, xususan, davlat organ hamda tashkilotlarining faoliyat jarayonlari zamonaviy texnologiyalar orqali raqamlashtirildi.

Davlat va jamiyat hayotida korrupsiyon harakatlarni keltirib chiqarishga xizmat qiluvchi muhim omillardan yana biri oylik mehnatga haq to‘lashning miqdor darjasi bilan bog‘liq.

Joriy faktor ko‘pgina mutaxassislar tomonidan tahlil qilingan bo‘lib, misol tariqasida shvetsiyalik iqtisodchi olim Assar Lindbeck o‘z tahlillari natijasida Shvetsiya davlatchiligida korrupsion jinoyatlarni keskin kamayishining asl sababini davlat organ hamda tashkilotlaridagi yuqori lavozimli shaxslarning, shuningdek, davlat lavozimlarida faoliyat ko‘rsatuvchi

xodimlarining oylik maoshlarini 12-13 baravarga oshirilishi bilan izohlaydi.

Xulosa qilib aytganda, korrupsiya taraqqiyotga tahdid, davlatimiz rivojlanishiga to‘siq. Bu illatga qarshi kurashishda befarq bo‘lmaslik kerak. Yangicha fikrlash, korrupsiyaga undovchi omillarni ochiqchasiga muhokama qilish orqali uning ildizini quritish lozim.

I.YULDASHEV,

Yangi Namangan tumani adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi.