«MAHALLA LIGASI»
26-maktabda «Mahalla ligasi» sport musobaqalarining tuman bosqichi yuqori saviyada va ko’tarinki ruhda o’tkazildi.
Ushbu musobaqaning ochilish marosimida O’zbekiston Mahallalar uyushmasi tuman bo’limi boshlig’i H.Ahmedov, «Nuroniy» jamg’armasi tuman bo’limi raisi T.Ismatillayevlar qatnashdilar va ishtirokchilarga ezgu tilaklar bildirib, omad tiladilar.
Musobaqa davomida turli sport turlari bo’yicha mahallalarni birlashtirgan jamoalar o’zaro kuch sinashdi. Tadbir davomida sog’lom turmush tarzi, jamoaviylik, sportga bo’lgan qiziqish va yuksak ruhda raqobat muhitini yaratish kabi ijobiy jihatlar namoyon bo’ldi.
Musobaqa yakunida g’olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

