O‘QUVCHILARGA STOL-STUL JAMLANMASI

Mamlakatimiz rahbarining 2024-yil 25-noyabrdagi «Kambag’allikdan farovonlik sari» dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-405-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi «Faol nuroniylarni kambag’al oilalarga biriktirish hamda mahallada sog’lom turmush tarzi va ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirishga jalb etish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 892-sonli qarorining tumanimizdagi mahallalarda ijrosini ta’minlash maqsadida har bir mahalladan 3 nafardan faol nuroniyga 5 tadan ehtiyojmand oila biriktirilgan edi.
Mahalla yettiligi, nuroniylar mahallalardagi ehtiyojmand oilalarni kambag’allikdan chiqarish maqsadida bir qator amaliy yordamlar berib bormoqda. Mavjud tomorqadan unumli foydalanish, daromadlarini oshirish, farzandlarining o’qishi, oilalarning turmush tarzi, har bir oilaning ehtiyoji o’rganib chiqildi. 255 ta kambag’al oilaning farzandlariga 420000 so’mlikdan stol-stul jamlanmasi yetkazib berildi.
Bunday g’amxo’rlikdan Qumtepa MFYdagi oltita oila farzandlari ham bahramand bo’lishdi. Jihozlarni mahalla mas’ullari, nuroniylar birgalikda oilalarga topshirishdi. Oilalarning har bir a’zosi bu e’tibordan mamnun bo’lib, Yurtboshimizga minnatdorchilik bildirdilar.
Ma’rufjon YULDASHEV,
Qumtepa MFY keksalar maslahati guruhi rahbari.