BOZORDAGI O‘G‘IRLIK
Aroq kasofat kishini ne-ne ko’chalarga boshlamaydi, deysiz. P.Sh. ham sarmast holatda bo’lmganida o’g’irlik jinoyatiga qo’l urishga jur’at qilmasmidi, balki.
Xullas, P.Sh. tanishi B.O. bilan til biriktirib, tunda «Yorqo’rg’on hayvon bozori» hudjudiga kirib borishadi. U yerdan 15 ta qopda kartoshka va bir qop piyoz (jami narxi 3 mln. 325 ming so’m)ni o’g’irlab, tanishlariga 405 ming so’mga pullashadi. IIB xodimlarining tezkor qidiruv ishlari natijasida o’g’irlangan xom ashyo egasiga qaytarildi. O’g’rilarga nisbatan jinoiy ish qo’zg’atildi.
A.AKBAROV,
tuman IIB huzuridagi TB katta tergovchisi, podpolkovnik.

