ILG‘OR TAJRIBALAR YUQORI BAHOLANDI
Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi bilan o’zaro tajriba almashish maqsadida xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi, tuman, shahar Kengashlari kotibiyatlari vakillari tashrif buyurishdi.
Mehmonlar tumanimizda bo’lib, namunaviy deb topilgan xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati faoliyati bilan tanishdilar.
Tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Dedaxanova sirdaryolik mehmonlarga namunali Kengash faoliyatini tashkil etish va me’yoriy hujjatlarni shakllantirish bo’yicha batafsil ma’lumot berdi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi raisi Pokiza Axmedjanova, viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Abdushokir Abduraxmonov, Sirdaryo viloyati Kengashi deputati, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Kengashi raisi Rustambek Tursunmuradovlar Uychi tumanidagi ilg’or tajribalarni yuqori baholab, o’z takliflarini bildirdilar.
Mehmonlarga xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri T.Gapparov, tuman hokimi Sh.Musayev hamrohlik qilishdi.
Ulug’bek MAHKAMOV,
tuman Kengashi deputati.

