ISTE’MOLCHI HUQUQLARI NIMALARDAN IBORAT?

Iste’molchi bu foyda chiqarib olish bilan bog’liq bo’lmagan holda shaxsiy iste’mol yoki xususiy xo’jalikda foydalanish maqsadida tovar sotib oluvchi, shu xizmatga buyurtma beruvchi yoxud shu niyatda bo’lgan fuqaro, jismoniy shaxsdir.
Bozor munosabatlari sharoitida narxlarning asossiz oshirilishi, noto’g’ri xizmat ko’rsatish, kassa cheki, kvitansiya schyotlar bermaslik, nuqsonli tovarlarni almashtirib berishdan bosh tortish, tovarni sifati markasini tasdiqlovchi muvofiqlik sertifikatisiz sotish, yaroqlik muddati o’tgan tovarlarni sotish holatlari savdo qoidalari buzilgan deb hisoblanadi. Iste’molchi tovar, oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilishda bergan pulingizga, albatta, savdo xodimi xizmat ko’rsatuvchidan chek kvitansiya talab qilishga haqlidir. Sotuvchidan tovar ishlab chiqaruvchi haqida va tovarni saqlash, undan xavfsiz foydalanish usullari to’g’risidagi axborotni talab qilishga haqlidir.
Iste’molchining xarid qilgan tovari sifatsizligi keyin ma’lum bo’lsa-chi? Iste’molchining huquqlari qanday?
Iste’molchi yoqtirmagan tovarni «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi Qonunda belgilangan tartibda va muddatda sotuvchi tomonidan qaytarib olinishi iste’molchiga xuddi shunday markali, artikulli mahsulotga yoki tovarga almashtirib berishga majbur.

Xurshida HAKIMOVA,
tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish ijro etuvchi apparati inspektori.