O‘RINDOSH O‘QITUVCHIGA TA’TIL PULI TO‘LANMAYDI
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 275-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 12-bandiga ko’ra, pedagog xodimlar mehnatiga soatbay haq to’lash:
– ketma-ket ikki oydan ortiq bo’lmagan davrda kasallik yoki boshqa sabablar bilan ishda bo’lmagan xodimlarning o’rnini bosish tartibida ishlab berilgan soatlar uchun haq to’lashda;
– boshqa muassasalardan jalb etiladigan o’qituvchilar va boshqa mutaxassislarning, shu jumladan, o’rindoshlik bo’yicha boshqa maktablardan jalb etiladigan o’qituvchilar va mutaxassislarning pedagogik ishi uchun haq to’lashda;
– o’rnini bosish tartibida umumta’lim muassasalari rahbarlari tomonidan o’tilgan o’quv soatlari uchun haq to’lashda qo’llaniladi.
Yuqoridagi qarorga muvofiq soatbay haq to’lash miqdori tarkibiga mehnat ta’tili haqi kiritilgan. Shunga ko’ra, o’qituvchiga soatbay asosda o’tgan darslari uchun ta’til puli to’lanmaydi.
Otabek RAHMONJONOV,
Yangi Namangan tumani adliya bo’limi YXKM bosh yuriskonsulti.

