PROFILAKTIK SUHBAT
«Xavfsiz va sog’lom yurt» profilaktik tadbiri doirasida navbatdagi uchrashuv bo’lib o’tdi.
Unda tuman IIB JXX probatsiya guruhi hisobida turgan nazorat ostidagi shaxslar ishtirok etdi. Tadbirda tuman IIB boshlig’i tomonidan nazorat ostidagi shaxslar bilan yakka tartibda suhbat o’tkazilib, ularning muammo va takliflari tinglandi.
Tadbir davomida tuman kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo’limi bilan hamkorlikda nazoratdagi shaxslar ishtirokida «Mehnat yarmarkasi» tashkil etildi. Mazkur tadbir nazoratdagi shaxslarga ish bilan ta’minlash imkoniyatlarini yaratish va ularni ijtimoiy moslashuvini qo’llab-quvvatlash maqsadida o’tkazildi.
Dilorom TOJIBOYEVA,
tuman probatsiya inspektori, mayor.

