TUMAN KENGASHINING SESSIYASI

Xalq deputatlari tuman Kengashining o’n uchinchi sessiyasi bo’lib o’tdi.
Uni xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Sh.Musayev ochdi va boshqarib
bordi.
Dastlab O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi yangradi. Shundan
so’ng tuman hokimining birinchi o’rinbosari Q.Qo’chqarovning «O’zbekiston-
2030″ strategiyasi bo’yicha tumanda 2025-yilning III choragi davomida amalga
oshirilgan ishlar to’g’risidagi hisoboti» tinglandi.
Sessiyada tuman hokimining o’rinbosari I.Bozorboyevning o’tgan davr
mobaynida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisoboti, kadastr agentligi
tuman bo’limi boshlig’i N.Boyqo’ziyevning yerlardan oqilona foydalanish
holatini o’rganish hamda tumanda noqonuniy qurilish mavjud yerlarni o’rganish
va o’tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlari to’g’risidagi hisoboti,
«O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktyabrdagi
665-sonli qaroriga asosan tuman ichki yo’llarni saqlash va joriy ta’mirlash
ishlari bo’yicha 2025-yil uchun dastlabki manzilli ro’yxat to’g’risida», «Tuman
mahalliy byudjetining 2025-yil III chorak daromadlar rejasining oshirib
bajarilgan qismi hisobidan mablag’larni yo’naltirish to’g’risida», «Tuman SEO
va JS bo’limi tomonidan tuman aholisini sanitariya-epidemiologiya masalalarida
xotirjamligini ta’minlash borasida 2025-yilning III choragi davomida amalga
oshirilgan ishlari yuzasidan hisoboti to’g’risida», O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2025-yil 15-maydagi «2030-yilgacha bo’lgan davrda aholining
ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida»gi
PQ-184-sonli qarori ijrosini Uychi tumanida ta’minlash haqida», «Infratuzilma
va ijtimoiy barqarorlik jamg’armasi mablag’lari hisobidan mablag’ ajratish
to’g’risida», «Uychi tumani hokimining ayrim qarorlarini tasdiqlash to’g’risida»gi
masalalar ham muhokama etildi.
Sessiyada ko’rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.