XONADONLAR TOPSHIRILADI

T u m a n i m i z d a aholining uy-joyga bo’lgan talab va ehtiyoji yuqori. Shu maqsadda ko’p qavatli turarjoy binolari va massivlar qurilishiga alohida
e’tibor qaratilmoqda.
Tuman markazidagi Navoiy MFY hududida «Shaydulloxon pardoz qurilish» MChJ tomonidan 7 qavatli 56 ta zamonaviy turarjoy binosi qad rostladi.
Mazkur ko’p qavatli xonadonlar tez kunlarda o’z egalariga topshirilishi rejalashtirilgan.
Bog’ MFY hududida «Atlant towels» MChJ tomonidan 5 qavatli, 1, 2, 3 xonali, 108 ta xonadondan iborat zamonaviy turarjoy binosi qad rostlamoqda.
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov ushbu ko’p qavatli uylarning qurilishi sifati, yaratiladigan shart-sharoitlar, kommunikatsiya tarmoqlari, obodonlashtirish ishlari bilan tanishib, mas’ullarga zarur topshiriqlar berdi.