YANGI LOYIHA ISHGA TUSHDI
| Tumanimizda sanoat korxonalari soni yildan-yilga oshib, ko’plab yangi ish o’rinlari yaratilmoqda. «Barkas Teks» MChJda sochiq va mato ishlab chiqarish sexlari faoliyat boshlaganiga hech qancha vaqt bo’lgani yo’q. Bundan uch oy oldin ish boshlagan sochiq sexida Italiya va Xitoy hamkorligida ishlab chiqarilgan 30 ta stanok o’rnatilib, 55 ta doimiy ish o’rni yaratildi. Hozirda oyiga 130 tonna mahsulot ishlab chiqarilmoqda. Mahsulot Rossiya, Ukraina, Italiya, Germaniya davlatlariga eksport qilinmoqda. Jamiyatning tikuvchilik, to’quvchilik, to’quv-trikotaj, ip yigirish sexlarida jami 850 ta doimiy ish o’rinlari yaratilgan. Yangi yil arafasida jamiyatda o’n besh xil turdagi trikotaj mahsulotlari ishlab chiqariladigan tikuv sexi faoliyatini boshladi. Tikuvchilik sexi foydalanishga topshirildi. Sexda o’n besh xil turdagi trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Hozirda bu yerda 300 nafar xotin-qizning doimiy bandligi ta’minlandi. Qo’shimcha yana 200 ta yangi ish o’rni yaratiladi. |

