NAMANGAN VILOYATI HUDUDIY SAYLOV KOMISSIYASI QARORI
Uychi tuman saylov komissiyasi kotibini komissiya tarkibiga kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 19- va 20-moddalariga, Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 5-iyundagi 1335-son qarori bilan tasdiqlangan “Tuman, shahar saylov komissiyasi to‘g‘risidagi nizom”ga muvofiq, xalq deputatlari Uychi tuman Kengashining qaroriga asosan, Namangan viloyati hududiy saylov komissiyasi
Q A R O R Q I L A D I :
- Xalq deputatlari Uychi tuman Kengashining tuman saylov komissiyasi kotibligiga O‘rinboyev Farhod Toхirjanovichni tavsiya etish to’g’risidagi qarorlari asos uchun qabul qilinsin.
- Uychi tuman saylov komissiyalari tarkibiga o‘zgartirish kiritilsin.
- Mazkur qaror hududiy saylov komissiyasi rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.
- Ushbu qarorning nusxasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, xalq deputatlari Uychi tuman Kengashi va tuman saylov komissyasiga yuborilsin.
- Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.
Rais o’rinbosari U.URMANOVA.
Namangan shahar,
2026-yil 17-yanvar
Namangan viloyati Hududiy saylov komissiyasining 2026-yil 17-yanvardagi 108-son qaroriga ilova
Uychi tumani saylov komissiyasi shaxsiy tarkibi
- 1. URINBAYEV FARXOD TOXIRJONOVICH – Uychi tumani saylov komissiyasi kotibi, 10-maktab direktori.
NAMANGAN VILOYATI HUDUDIY SAYLOV KOMISSIYASI QARORI
Uychi tuman saylov komissiyasi kotibini komissiya tarkibidan chiqarish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 20– va 25–moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024- yil 27- maydagi 1330-son qarori bilan tasdiqlangan Hududiy saylov komissiyasi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq hamda xalq deputatlari Uychi tuman Kengashining qaroriga asosan, Namangan viloyati hududiy saylov komissiyasi
Q A R O R Q I L A D I :
- Xalq deputatlari Uychi tuman Kengashining qaroriga muvofiq, tuman saylov komissiyasining kotibi Imomaliyev Ilhomjon Ibrohimjon o`g`li komissiya tarkibidan chiqarilsin:
- Mazkur qaror hududiy saylov komissiyasi rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.
- Mazkur qarorning nusxasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, xalq deputatlari Uychi tuman Kengashi va Uychi tuman saylov komissyasiga yuborilsin.
- Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.
Rais o’rinbosari U.URMANOVA.
Namangan shahar,
2026-yil 17-yanvar

