UYCHI TUMAN SAYLOV KOMISSIYASINING QARORI

20-Boyag‘on saylov okrugi bo’yicha bo’shab qolgan o’ringa хalq deputatlari Uychi tuman Kengashi deputatligiga saylov o’tkazish haqida

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 201- va 93-moddalariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2026-yil 13-yanvardagi “Аyrim bo‘shab qolgan o‘rinlarga mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovini tayinlash tog’risida”gi 1457-sonli qaroriga asosan Uychi tuman saylov komissiyasi

QAROR QILADI:

1. O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2026-yil l3-yanvardagi “Ayrim bo’shab qolgan o’rinlarga mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovini tayinlash to’g’risida”gi 1457-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin. Ushbu qarorga muvofiq 20-Boyag‘on saylov okrugi bo‘yicha bo‘shab qolgan o‘ringa хalq deputatlari Uychi tuman Kengashi deputati saylovi 2026-yil 15-fevral – yakshanba kuni o‘tkazish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Xalq deputatlari Uychi tuman Kengashining 20-Boyag‘on saylov okrugida boshab qolgan o‘ringa saylovni o‘tkazish bo‘yicha kalendar rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari M.Ergasheva bo‘shab qolgan o‘ringa saylov bo‘yicha saylov jarayoni ishtirokchilari bilan munosabatlami “E-saylov” axborot tizimi orqali belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini ta’minlasin.
4. Tuman saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari M.Ergashevaga
20-Boyag‘on saylov okrugi tarkibiga kiruvchi 545, 546–saylov uchastkasidagi saylovchilar soniga aniqlik kiritish hamda uchastka saylov komissiyalari faoliyatini boshlaganidan so‘ng saylovchilar ro‘yxatini yakuniy variantini shakllantirish va saylovchilami ovoz berish kuni haqida xabardor qilish choralarini ko‘rish topshirilsin.
5. Mazkur qaror Uychi tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan rasmiy siyosiy partiyalarning tuman bo‘limlariga hamda tadbirlar rejasida ko‘rsatilgan ijrochilarga yuborilsin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilishni o`z zimmamda qoldiraman.

Tuman saylov komissiyasi raisi: K.Boltibayev.
Uychi tumani,
2026-yil 15-yanvar.