UYCHI TUMANI SAYLOV KOMISSIYASI QARORI
O‘ZBEKISTON “ADOLAT” SOTSIAL DEMOKRATIK PARTIYASI UYCHI TUMAN KENGASHINI XALQ DEPUTATLARI UYCHI KENGASHIDA BO‘SHAB QOLGAN O‘RINGA DEPUTAT SAYLOVIDA ISHTIROK ETISHGA IJOZAT BERISH TO‘GʻRISIDA
O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Uychi tuman Kengashining 2026-yil 15-fevral kuni bo‘lib o‘tadigan Xalq deputatlari Uychi
tuman Kengashiga saylov o‘tkazuvchi 20-Boyag’on saylov okrugida bo‘shab qolgan o‘ringa deputat saylovida ishtirok etish uchun taqdim etgan hujjatlarini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 20-, 89- va 93-moddalariga muvofiq, Uychi tuman saylov komissiyasi
Q A R O R Q I L A D I:
- O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Uychi tuman Kengashiga Xalq deputatlari Uychi tuman Kengashida bo`shab qolgan o`rin deputati saylovida ishtirok etish uchun ijozat berilsin.
- Mazkur qaror tuman saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.
- Mazkur qaror O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Uychi tuman Kengashiga yuborilsin.
Rais K. BOLTIBAYEV.
Uychi tumani,
2026-yil 17-yanvar.

