OGOHLANTIRISH MUDDATINI PULLIK KOMPENSATSIYAGA O’ZGARTIRISH UCHUN BUYRUQ CHIQARISH KIFOYAMI?
Siz ish beruvchisiz, ishdan bo’shatilayotgan xodimning 2 oylik ogohlantirish muddatini MK 165-moddasiga asosan kompensatsiyaga o’zgartirish haqida buyruq chiqardingiz. Lekin, pullik kompensatsiyani to’lamasdan va ogohlantirish muddati tugamasidan xodimni ishdan bo’shatib yubordingiz.
Bunday vaziyatda, pullik kompensatsiya to’lamanganligi sababli, almashtirish jarayoni oxiriga yetmagan va xodim g’ayriqonuniy ravishda ishdan bo’shatilgan bo’ladi.
Shokirjon DADABOYEV,
tuman adliya bo’limi YXKM bosh yuristkonsulti.

