E’TIROF

Navro’z saylida kuz-qish mavsumini betalafot, barqaror va uzluksiz o’tkazish yo’lidagi mas’uliyatli yondashuvi va samarali faoliyati uchun kommunal soha xodimlaridan bir guruhi e’tirof qilindi.
Tuman hokimi, tuman Kengashi deputati Muzaffar Abdullayev, sektor rahbarlari, DXX tuman bo’limi xodimi, viloyat Kengashi deputati Tohirjon Ismatillayev, xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Gavhar Hakimovalar tuman hokimining «Tashakkurnoma»si va esdalik sovg’alarini topshirishdi.
Jumladan,
-tuman elektr ta’minotining tezkor dispetcherlik xizmati rahbari Abdurasul Yo’ldoshev;
-tuman yo’llardan foydalanish davlat muassasasi xodimi Abduvohid Mamadaminov;
-«Namangan suv ta’minoti» AJ Uychi tuman filiali chilangari Bahromjon Umarov;
-tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimi Muhammadazim Xalilov;
-tumangaz bo’limi chilangari Bahromjon Soliyevlar taqdirlandilar.