MAKTABDA FORUM
1-maktabda «Yoshlar forumi» bo’lib o’tdi. O’quvchilar tomonidan ekologiya mavzusidagi ijodiy ishlar, rasmlar va loyihalar namoyish etildi. «Plastiksiz kelajak», «Tabiatga befarq bo’lmang», «Yashil makon» kabi mavzulardagi ishlarda yoshlarning ekologik tafakkuri va tashabbuskorligi yaqqol ko’zga tashlandi.
O’zbekiston Ekologik partiyasi Namangan viloyat kengashi raisi Muzaffar Xudoyberdiyev forum jarayonida yoshlar bilan muloqotda bo’ldi. Uchrashuv davomida yoshlarning taklif va g’oyalari tinglanib, ularni amaliy qo’llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. «Ekozakovat» bahsida o’quvchilar bilan ochiq muloqotlar tashkil etildi. Forum doirasida yoshlar o’rtasida stol tennisi, voleybol va futbol musobaqalari bo’lib o’tdi.
«Yashil makon» umummilliy loyihasi asosida maktabning «Yashil hudud» bog’ida ko’chat ekish aksiyasi bo’ldi. Maktab hududida plastik chiqindilarni alohida yig’ish uchun maxsus chiqindi qutisi o’rnatilgani e’tirof qilindi.
Yakunda g’olib va faol ishtirokchilar taqdirlandi. G’oliblarga diplom va esdalik sovg’alari topshirildi. Forumni yuqori saviyada tashkil etishdagi faolligi uchun maktab direktori N.Aqilovaga «Tashakkurnoma» hamda esdalik sovg’asi taqdim qilindi.
Ne’matilla RAHIMOV,
O’zbekiston Ekologik partiyasi tuman kengashi raisi.

